O‘zbekiston Respublikasining
davlat bayrog‘i
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligining timsoli hisoblanadi.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligining timsoli hisoblanadi.
Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek saqlaganlar. Bugun BMT binosida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatori O‘zbekistonning ham bayrog‘i hilpirab turibdi. Aslida har bir bayroqning o‘z tarixi, u mansub bo‘lgan yurt suvratiyu siyratiga monand qiyofasi bor.
Bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga ega. Undagi moviy rang kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni o‘zida aks ettiradi. Oq rang poklik, beg‘uborlikni ifodalab kelgan. Yashil rang esa, yasharish va yangilanish ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-e’tiqodimiz timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nishonasidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasi bayrog`ining davlatchiligi to‘g‘risida" gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot, Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘rikeng o`zbekning o‘chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni, Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor!